English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram tadbirida bir guruh yoshlarga ID kartalari topshirildi
15:02 / 2022-12-07

Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Konstitutsiya shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro huquq hamda majburiyatlar, ularning kafolatlarini aniq-ravshan belgilab beradi. Bosh qomusimiz erishgan barcha natijalarimiz, milliy qadriyatlarimiz bardavomligining mustahkam huquqiy poydevori sanaladi.

Zomin tumani Ichki ishlar bo‘limida ham sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. IIB boshlig‘i F.To‘ychiyev va boshqalar har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida tumanda yashovchi 16 yoshga to‘lgan bir guruh yoshlarga ID kartalari topshirildi.

 

O‘zA