Bayden Ukraina sababli Xitoyga tahdid qilganini tan oldi

AQSH prezidenti Jo Bayden Xitoy raisi Si Szinpinga agar Ukraina mojarosida Rossiyani qo‘llab-quvvatlasa g‘arb investitsiyasi to‘xtashi bilan tahdid qilgan. Bu haqda prezidentning o‘zi PBS telekanaliga intervyu berganda aytib o‘tdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"O‘tgan yozda men unga, bu tahdid emas, shunchaki kuzatuv, demoqchi bo‘lib telefon qildim. Rossiya bilan nima bo‘lganini ko‘ryapsizlarmi. Amerikaning McDonald"s dan tortib Exxon mobilgacha jami olti yuzta korporatsiyasi Rossiyani tark etdi. Sizlar menga har doim AQSH va Yevropa bilan munosabat olib borishimiz sababi Xitoyga investitsiya jalb qilish, deb aytasizlar. Xo‘sh, agar siz xuddi shunday bitimga qo‘shilsangiz Xitoyga kim sarmoya kiritadi", – degan Bayden.
Baydenning qo‘shimcha qilishicha, Xitoyning Rossiyaga yordam berishi kutilganiga qaramay, unday bo‘lmadi.