English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden prezidentlik poygasidan chiqdi
23:10 / 2024-07-21

AQSH prezidenti Jo Bayden 21-iyul kuni prezidentlik poygasidan chiqayotganini eʼlon qildi. Bu haqdagi xabar uning rasmiy sahifalarida maʼlum qilindi.

— Sizning prezidentingiz sifatida xizmat qilish men uchun hayotimdagi eng katta sharaf boʻldi, -deb yozdi u amerikaliklarga murojaatida. — Men qayta saylanish niyatida boʻlgan boʻlsam-da, nomzodimni qaytarib olish va butun eʼtiborimni faqat prezidentlik muddatimning qolgan qismida oʻz vazifamni bajarishga qaratishim partiyam va mamlakat manfaatlariga mos keladi, deb hisoblayman.

Bayden yaqinda boʻlib oʻtgan Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampga qarshi debatda muvaffaqiyatsiz ishtirok etganidan soʻng Demokratik partiya vakillari Baydenni saylovoldi kampaniyasidan chiqishga unday boshlagandi. — Amerika qila olmaydigan hech narsa yoʻq — agar biz buni birgalikda bajarsak. Amerika Qoʻshma Shtatlari ekanligimizni unutmasligimiz kerak, -deya xulosa qilgan Bayden. 81 yoshli Bayden saylov poygasini tark etgach, vitse-prezident Kamala Harrisni prezidentlik uchun nomzodini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi va demokratlarni “Trampni magʻlub etishga” chaqirdi. Oradan biroz oʻtib, Tramp Baydenning saylovda qatnashishdan voz kechishiga izoh berdi. Trampning “CNN”telekanaliga bergan bayonotiga koʻra, Harrisni magʻlub etish Baydenga nisbatan osonroq boʻladi. Tramp shuningdek, Baydenni “mamlakat tarixidagi eng yomon prezident” deb atadi. 

 

Oʻ.Alimov, 

OʻzA