English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden oilasi bilan Atlantika okeanidagi orolda dam olmoqda
11:42 / 2022-08-11

AQSH Prezidenti Jo Bayden oilasi bilan mamlakat sharqida, Janubiy Karolina shtatidagi Kiaua orolida yetti kunlik ta’tilni boshlab yubordi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Davlat rahbari birinchi xonim Jill Bayden, o‘g‘li Xanter, kelini Melissa Koen va nabirasi Bo bilan Charlston port shahriga yetib borgan.
Atlantika okeanida joylashgan Kiaua oroli xususiy plyaji, golf maydonlari bilan mashhur. Bayden bu orolda Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti bo‘lgan davrda ham bir necha bor oilasi bilan dam olgan.

Agentlik qayd etishicha, Federal aviatsiya ma’muriyati 16 avgustga qadar orol hududida parvozlarga cheklov kiritdi.