English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Axsikentda bo‘lganmisiz? (+video)
16:51 / 2023-06-14

Axsikentni ochiq osmon ostidagi muzey deydilar. Sirdaryo bo‘ylaridagi tepaliklar bir-biriga tutashib ketgan, asrlar davomida Farg‘ona davlatining poytaxti bo‘lgan bu ko‘hna zamin sir-sinoatlari endi-endi ochilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifidan so‘ng yodgorlik majmuasini turizm markaziga aylantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Buning tarixiy asori-atiqalari bor, albatta.

Axsikentliklar qadimdan konlarda ishlaganlar, mis va temir eritish bilan, temirchilik, metallardan turli xil harbiy va mehnat qurollari yasash, misgarlik, kandakorlik, aravasozlik, gilam to‘qish, namat bosish, degrezlik, pichoqchilik, bo‘z to‘qish, shohido‘zlik dastgohlari, zargarlik, binokorlik va boshqa ishlar uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni ishlash bilan shug‘ullanganlar. 

Saqlanib qolgan quyosh va suv soatlari, yulduzlarning jadvallari allomalarning zo‘r zakovatlari bilan ijod etilgan munajjimlik asboblari qadimgi Axsikentda ilmu fanning qay darajada rivoj topganligi va yuksalganligini ham yaqqol ko‘rsatadi.

Ko‘hna Axsikentning ajoyib topilmalari ichida qo‘shquloq — ko‘zasimon idish, eramizning III asriga mansub zangori tusda sir berib sayqallangan guldon, X asrga oid lagan va kosalarni Axsikent kulolchilik san’atining eng yorqin namunalaridan biridir, deb aytish mumkin.

 Bu yerda yaqin kelajakda Markaziy Osiyodagi eng katta muzey tashkil etiladi. Axsikentning qadimiy dovrug‘ini tiklash maqsadida ramziy darvoza quriladi. Umarshayx Mirzo va Kamoliddin Behzod chizgan suratlar asosida ularning haykali bunyod etiladi. Yaqinda esa,

–Axsikent asori-atiqalarini va tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etdik. Unda 16 ta mamlakatdan 20 dan ortiq nufuzli olimlar ishtirok etdi deydi,- Axsikent arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi rahbari Anvarjon Ikromov. –Ular eski va yangi Axsikentda bo‘lishganida bu yerlarni  jahonning ilg‘or tajribasiga asoslangan turizm markaziga aylantirish borasida tavsiyalar berdilar. Tarix, arxeologiyani tabiat bilan bog‘lash, ya’ni daryo bilan uyg‘unlikdagi loyihalar ishlab chiqish, gastronomiya masalalarida ham takliflarini aytdilar. 

Ayni paytda Axsikentning bosh rejasi ishlab chiqilmoqda. Uning tarkibida 10 dan ortiq ochiq osmon ostidagi muzeylar bo‘ladi. Yangi va eski Axsi orasidagi daryo bo‘ylab 5 km yo‘l ochish, uning ikki yonida “Hunarmandlar makazi” tashkil etish, suv orqali kichik sayyohlik kemalari harakatini yo‘lga qo‘yish, ekoturizm masalalari bo‘yicha ishlar ketmoqda. Bu loyhaning amalga oshishi natijasida 1 millionga yaqin sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratiladi.

Yangi Axsikentdagi muqaddas ziyoratgohlar, ayni kunlarda topilgan bebaho qo‘lyozma, toshbosma asarlar, yangi qurilayotgan mahobatli binolar bu maskanlar nomi mamlakat sayohat xaritasida bosh harflar bilan bitilishidan darak bermoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fhTWLiuD6ao" title="Axsikentda bo‘lganmisiz?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muallif: Muhammadjon Obidov

Tasvirchi: Elyor Olimov