English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avstriya Bolgariya va Ruminiyaning Shengenga kirishiga qarshi
15:36 / 2022-12-07

Bu haqda Avstriya kansleri Karl Nexamer “YeI-G‘arbiy Bolqon” sammitida ma’lum qildi, deb xabar qiladi “Euronews”.

Nexamer Yevropa Ittifoqi tashqi chegaralarni yashirin kesib o‘tish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishi kerakligini shunday qaror qabul qilinishiga sabab qilib ko‘rsatdi. Uning izohlashicha, hozir Avstriyada 75 ming nafar ro‘yxatdan o‘tmagan noqonuniy muhojir istiqomat qiladi.

Darovoqe, Niderlandiya ham bu ikki mamlakat Shengenga kirishiga qarshi. Ruminiya, Bolgariya va Xorvatiyaning Shengen hududiga qo‘shilishi haqidagi qaror 8 dekabr kuni qabul qilinishi lozim. Buning uchun YeI tarkibidagi barcha mamlakatlarning roziligi talab qilinadi.

YeI yaqinda noqonuniy migratsiya bilan kurashish uchun G‘arbiy Bolqonga chegarachilar jo‘natishga qaror qildi.