English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atrof-muhitga xavfli ta’sir ko‘rsatadigan tashkilotlarga ekologiya solig‘ini joriy qilish lozim 
16:12 / 2024-10-03

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda keng jamoatchilik vakillari, ekofaollar, universitetning talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda mamlakatning barqaror rivojlanishi yo‘lida bugungi va kelajak avlod uchun qulay atrof-muhitni yaratish, xavfsiz va samarali yashil iqtisodiyotga o‘tish g‘oyasi ilgari surilgan O‘zbekiston Ekologik partiyasining Saylovoldi dasturidagi vazifalarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. 

Qayd etilganidek, partiya Saylovoldi dasturida ekologik xavfsizlikka erishish bosh maqsad sifatida belgilangan bo‘lib, bu borada qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Xususan, partiya atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning 1-toifasiga kiradigan (yuqori darajada xavfli) faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga ekologiya solig‘ini joriy qilish lozim deb hisoblaydi. 

Shuningdek, ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)dan ozod etish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish maqsadida «Yashil viza» dasturini joriy qilish, tarmoqlar va hududlarning «yashil iqtisodiyotga o‘tish indeksi»ni ishlab chiqish, shahar hududlarida tez-tez uchrab turadigan suv toshqinlarining oldini olish maqsadida drenaj tizimi muammolarini hal etish kabi tashabbuslar belgilangan. 

Tadbirda shuningdek, bu yilgi saylovning aralash tizim asosida o‘tkazilishi xususida ham ma’lumotlar berildi. 

M.Komilova, O‘zA