
Adliya vazirligida aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli va zaharli moddalar, produtsent mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va aeroionlarning ruxsat etilgan gigiyenik me’yorlari hisobga olindi.
2023 yil 8 sentyabrdagi mazkur hujjatda belgilangan gigiyenik me’yorlarga ko‘ra, aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan me’yorlari (REM) bir martalik (20-30 daqiqa), o‘rtacha sutkalik, oylik, yillik kabi miqdorlarda belgilanishi qayd etilgan.
Gigiyenik me’yorlarda zararli moddalarning nomi va ruxsat etilgan me’yorlari; zararli moddalarning (og‘ir metallar) nomi va o‘rtacha oylik ruxsat etilgan me’yorlari; zararli moddalarning taxminiy xavfsiz ta’sir qilish darajalari belgilandi.
Shuningdek, zararli (potensializatsiya ta’siriga ega) moddalar; produtsent -mikroorganizmlarning nomi va ruxsat etilgan me’yorlari; bakterial preparatlarning nomi va ruxsat etilgan me’yorlari; zararli (raketa yoqilg‘isi tarkibiy qismlari) moddalarning nomi va ruxsat etilgan me’yorlari; zaharli (fosfororganik) moddalar nomi va ruxsat etilgan me’yorlari; zaharli (fosfororganik) moddalar nomi va taxminiy xavfsiz ta’sir qilish darajalari; zaharli (teri-yallig‘lanish ta’siriga ega) moddalarning nomi va taxminiy xavfsiz ta’sir qilish darajalari (TXTQD) ham hujjatda ko‘rsatilgan.
O‘zA