AQSHda davlat qarzi bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Senati davlat qarzi chegarasini ko‘tarishni nzarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjatni 63 senator ma’qulladi. Chorshanba kuni mazkur qonun loyihasini vakillar palatasi ko‘pchillik ovoz bilan tasdiqlab, ko‘rib chiqish uchun Senatga jo‘natgan edi.
Ikkala palata tomonidan tasdiqlangandan so‘ng loyiha imzo qo‘yish uchun Prezidentga yuboriladi. Jo Bayden avvalroq hujjatni imkon qadar tezroq imzolashga va’da bergan edi.
Ushbu qonun kuchga kirsa, davlat qarzi chegarasi 2025 yil yanvar oyigacha ko‘tarilishi mumkin. Buning evaziga Respublikachilar partiyasining islohot o‘tkazishga doir taklifi inobatga olinishi kerak.
Moliya vaziri Janet Yellen davlat qarzi eng yuqori cho‘qqisiga chiqishiga qarshi favqulodda chora ko‘rish imkoniyati 5 iyuldan keyin tamom bo‘lishini ta’kidlagan. Agar shunday holat yuzaga kelsa, mamlakat defoltga uchraydi, deya ogohlantirgan u. Defolt esa dastlab davlat ichida “iqtisodiy halokat” keltirib chiqaradi va so‘ngra dunyo iqtisodiyotini larzaga soladi.