
Turkiya Suriya muxolifatchilariga yordam ko‘rsatishda davom etadi, deb bayonot berdi seshanba kuni mamlakat prezidentining vakili Ibrohim Qalin.
"Biz suriyalik muxolifatchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz – buni vazirimiz muxolifat vakillari bilan uchrashuvda ta’kidladi", - deb bayonot berdi Qalin NTV telekanaliga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, muxolifatchilar bilan aloqalar har doim saqlanadi.
"Gap ularni tashlab qo‘yish, aloqalarni uzish haqida ketayotgani yo‘q. Bizning Suriya hukumati bilan aloqa qilishimiz, qisman ular orqali muxolifatni siyosiy jarayonda ishtirok etishini ta’minlashga intilishdir", - deya izoh berdi Qalin.
U Damashqni Suriyaning konstitutsiyaviy qo‘mita ishi bilan hisoblashmaganlikda aybladi.
Shu bilan birga, Qalinning ta’kidlashicha, “Anqara Suriyaga yordam qo‘lini cho‘zdi, endi Damashqdan ijobiy qadamlarni kutmoqda” .
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Anqara ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini yanvarning ikkinchi yarmida o‘tkazishni taklif qilib, uchrashuv uchinchi mamlakatda, jumladan, Rossiyada tashkil etilishi mumkinligini aytgan edi.