English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etiladi
18:01 / 2022-11-23

Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimiga respublikamizda birinchilardan bo‘lib davlat tibbiy sug‘urtasi joriy etildi. Bu aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni yaxshilash, tizimga ajratilayotgan byudjet mablag‘larini maqsadli ishlatish, ko‘rsatilayotgan kafolatlangan paket doirasidagi xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, qolaversa, tibbiyot muassasalariga xodimlar sonini mustaqil belgilashda qo‘l kelmoqda.

Birgina joriy yilning 9 oyi davomida viloyat sog‘liqni saqlash sohasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni yaxshilash va boshqa masalalar uchun 477, 4 milliard so‘m, shundan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali 437 milliard so‘m byudjet mablag‘lari moliyalashtirilgan. Ushbu mablag‘ning 179,1 milliard so‘mi birlamchi tibbiyot muassasalariga, 258,6 milliard so‘mi statsionar shifoxonalarga ynaltirilgan.  

Ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan Moliya vazirligi hamda Davlat moliyaviy nazorati tashkilotlariga berilgan vakolat doirasida byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi ta’siri o‘rganilgan bo‘lsa, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda o‘rganishlar olib borilmoqda. 

Buning natijasida bemorlarga oilaviy shifokor yo‘llanmasi asosida bepul tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi joriy qilindi. Shifoxonalarga bemorlarni asossiz yotqizish ko‘rsatkichi kamaydi. Tor soha mutaxassislariga murojaat qilish hamda shifoxonalarda statsionar davolangan bemorlar soni qisqardi. Mahalliy byudjetdan sohaga ajratilgan mablag‘lar konsolidatsiya qilinib, mablag‘larni tibbiyot muassasalari bo‘yicha ularning hududiy joylashuvidan qat’iy nazar erkin taqsimlash imkoniyati yaratildi.  

Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmi bilan bog‘liq jarayonlarni tashkil etishda ayrim tibbiyot muassasalari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Eng muhimi, Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish borasida bir muncha ishlar olib borildi. Natijada tushunmovchilik va noaniqliklarga chek qo‘yildi. Bunda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, JSST, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, xorijiy ekspertlar tomonidan Sirdaryoda o‘tkazilayotgan o‘quv-seminarlari, targ‘ibot tadbirlari muammolarni bartaraf etish imkonini bermoqda.  

Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi, JSST xalqaro ekspertlari tashrif buyurdi. Ular tomonidan sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalariga davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish borasidagi ishlar o‘rganildi.  

Tashrif davomida Sog‘liqni saqlash vazirligining mis.ssv.uz. dasturi va Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalariga ilk marotaba joriy etilayotgan ERP—MED "Tibbiy jihoz" elektron moduli orqali olib borilayotgan ishlar, bemor, uni elektron dasturga kiritish kabi ko‘pgina masalalar o‘rganiladi. Natijada soha xodimlariga kamchilik va muammolar, uni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha maslahat va tavsiyalar beriladi.  

Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda shular haqida so‘z bordi. Sirdaryoda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi, Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi, JSST xalqaro ekspertlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar rejasi belgilab olindi.  

Shuhrat Suyarov, O‘zA.