English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda yirik yo‘l-transport hodisasi: 38 nafar yo‘lovchi jarohatlangan
15:21 / 2022-11-26

Bugun – 26 noyabr kuni ertalab soat 8:10 larda A-373 Toshkent-O‘sh-Andijon avtomagistralining 389-390- kilometrlari oralig‘ida «Isuzu» avtobusi va «Fura» yuk mashinasi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida jami 41 nafar fuqaro jarohat olgan, shulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan.  

38 nafar yo‘lovchi turli xil jarohatlar bilan Bo‘ston tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga olib kelingan. Ularning holati zudlik bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Bemorlardan 3 nafarida ushbu ixtisoslashgan brigadalar tomonidan jarrohlik amaliyoti bajarildi. Barcha jabrlanganlar birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, jarohat og‘irligiga ko‘ra, Bo‘stondan Shahrixondagi qo‘shma shikastlanishlar markaziga 17 nafari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga 10 nafari yetkazildi.  

Ayni paytda ularga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori D.To‘laganov boshchiligida voqea joyiga tezkor yetib borgan brigadalar tomonidan tegishli davolash standartlari asosida chuqurlashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.  

 

O‘zA