English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amalga oshirilmagan aviareys chiptasining puli iste’molchiga qaytarildi
15:36 / 2022-11-26

Farg‘ona viloyati Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida andijonlik Yu.Matisaqovaning qoldirilgan aviareys chiptasi pulini qaytarib ololmayotgani to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.

Murojaatchiga ko‘ra, u aviachiptani Quva tumanida joylashgan “OMADLI YURT FAROVONLIGI” MCHJga qarashli shoxobchadan 4 mln. 50 ming so‘mga xarid qilgan. 2022 yilning 22 mart kunida S7 Airlines aviakompaniyasi borti bilan Namangan xalqaro aeroportidan Rossiyaning Irkutsk shahriga amalga oshirilishi kerak bo‘lgan parvoz iste’molchiga noma’lum bo‘lgan sabablarga ko‘ra qoldirilgach, u chipta uchun to‘langan pulni qaytarib olish harakatiga tushgan, lekin shu kunga qadar uning harakatlari samarasiz qolib kelgan.   

Murojaatni o‘rganish doirasida “OMADLI YURT FAROVONLIGI” MCHJ rahbar va mas’ul xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi hamda "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlari bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.  

O‘rganish ishlari yakuni bilan esa amalga oshirilmagan aviareys chiptasining puli iste’molchiga to‘liq qaytarildi.  

Adhamjon Hamidov,  

Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi