English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aka-uka sportchi yoshlarimiz Rossiyada muvaffaqiyatga erishdi
11:01 / 2023-10-17

Rossiyaning Solnechnogorsk shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq turnirda mamlakatimizning yosh yunon-rum kurashchilari kuchlilar safidan o‘rin egalladi.

200 nafardan ziyod kurashchi bolalar qatnashgan turnirda aka-uka Alimardon va Alisher Mahmudov o‘z vazn toifalarida sovrindor bo‘ldi.  

Alimardon 35 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda muvaffaqiyatli qatnashdi va g‘oliblikni tantana qildi. Alisher bo‘lsa, 32 kilogrammgacha bo‘lganlar o‘rtasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Aytish lozim, sport kurashlari va short-trek yo‘nalishida o‘z mahoratini oshirib kelayotgan aka-uka sportchilar bir hafta muqaddam Rossiyaning Tver viloyatida bolalar o‘rtasida short-trek bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro turnirda ham sovrindorlikka erishgan edi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA