English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ajrashish ostonasidagi oilalar yarashtirildi
16:58 / 2023-10-05

Andijon viloyatida oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muammo va nizolarni bartaraf etish, ajrimlarning oldini olish, ajrashish ostonasida turgan oilalarni yarashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat shu qadar farovon va barqaror bo‘ladi. Shu ma’noda oilaning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, oilalarni yanada mustahkamlash, oiladagi ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida oktyabr –  “Oilalarni mustahkamlash oyligi” deb e’lon qilindi.    

Oylik doirasida “Farzandingni ota-ona mehridan mahrum etma!” shiori ostida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.  

Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Gulnoraxon Abdullayeva boshchiligida  viloyat, shahar mutasaddi tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan tadbirda ajrashish arafasidagi 10 ta oila vakillari bilan suhbat o‘tkazildi.  

Tadbirga taklif etilgan oilalar vakillari bilan suhbat va muloqotlarda ajrimlar, oilada va farzand tarbiyasida yuzaga kelayotgan muammolar, qaynona-kelin munosabatlaridagi nizolarning ayanchli oqibatlari haqida ularga keng tushunchalar berildi. Shuningdek, inson sabrli bo‘lishi, ayniqsa, oila mustahkamligini ta’minlashda turli qiyinchiliklarni yengib o‘tishi, ota-bobolarimiz, xalqimizning oilani mustahkamlash borasidagi qadim va betakror qadriyatlari misolida oilalarini saqlab qolish, mustahkamlash zarurligi alohida qayd etildi. Ana shu oilalardagi holatlar muhokama qilindi.  

Tushuntirishlar, suhbatlar natijasida turli nizolar tufayli parokanda bo‘lib turgan oilalar, ajrashishni niyat qilgan kelin-kuyovlar, bir-biriga "tosh otishayotgan" qaynona-kelinlar bir-birlaridan kechirim so‘rab, ahil yashashga va’da berdi. Yakunda 7 ta oila yarashtirildi, 3 ta oilaga yarashish uchun muddat berildi.  

 

F. Ubaydullayev,

O‘zA muxbiri.