
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Uchqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi.
Vazir Namangan viloyatining ushbu tumanida kooperatsiya usulida intensiv baliq yetishtirish jarayoni va aholi xonadonlarida tomorqa yerlaridan unumli foydalanish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
[gallery-11183]
Xususan, “Sohil” mahalla fuqarolar yig‘inida “Uchqo‘rg‘on forel baliqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan bo‘lib, ushbu loyiha ijtimoiy daftarlarga kiritilgan o‘nlab fuqarolarni qamrab olgan. Shu bilan birga hozirda Uchqo‘rg‘onda aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish hamda kooperatsiya usulida “xonadon – kooperatsiya – klaster” zanjiri yaratilib, 245 nafar fuqaro bandligi ta’minlangan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA