English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya fuqarolar huquqini tiklab berdi
15:22 / 2023-03-15

Mamlakatimizda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha yangicha tizim yo‘lga qo‘yilgan. Natijada hududlarda barcha tashkilot va idoralar tomonidan fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilib, hal etilmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani adliya bo‘limiga tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlarining yozma murojaati kelib tushgan. Unga ko‘ra, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlashga ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish va tashkiliy nazorat bo‘yicha yetakchi mutaxassisi To‘lqin Ibragimov, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Ulug‘bek Akaboyev va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mahallardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish va boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxasisi Jahongir Xushvaqtovlar bo‘lim ish faoliyatini boshlagandan buyon tuman hokimligi tomonidan uzoq muddat xizmat qilganlik uchun har oylik ustama pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam berishni so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.  

Fuqarolar T.Ibragimov, U.Akaboyev va J.Xushvaqtovlarning murojaati bo‘lim tomonidan o‘rganilganda Qashqadaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasining 2022 yil 28 iyuldagi 19-sonli buyrug‘iga asosan xodimlarning ko‘p yillik mehnati uchun har oylik ustama pullarini to‘lab berish belgilanganligi, buyruqning ilovasida T.Ibragimovga 30 foiz miqdorda, U.Akaboyevga 20 foiz miqdorda va J.Xushvaqtovga 30 foiz miqdorda ko‘p yillik mehnati uchun har oylik ustama pullari to‘lash nazarda tutilganligi, biroq tuman hokimligi tomonidan hozirgi kunga qadar ushbu ustama pullari to‘lab berilmaganligi holati aniqlangan.  

[gallery-10993]

– Aniqlangan holat yuzasidan bo‘limimiz tomonidan tuman hokimligiga Dehqonobod tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlarining ko‘p yillik mehnati uchun har oylik ustama pullarini to‘lab berish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi, – deydi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Mahmanazar Tangriyev. – Tuman hokimligiga kiritilgan taqdimnoma natijasiga ko‘ra, Dehqonobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlarining ko‘p yillik mehnati uchun har oylik ustama to‘lovlari to‘lab berilishi ta’minlandi va ularning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.  

O‘lmas Barotov, 

Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA