English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya: aholiga onlayn xizmatlar ko‘rsatish tizimi orqali qulaylik yaratilmoqda
09:36 / 2023-02-07

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – YAIDXP (my.gov.uz) orqali yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini buyurtma qilgan 2 mingdan ortiq fuqaroga hujjat pochta xizmati orqali yetkazib berildi.

– Buning uchun BHMning 70 foizi (210 ming so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 ming so‘m to‘lov amalga oshiriladi, – deydi Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva. – Markaz xodimi kelib tushgan buyurtmani ko‘rib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga topshiradi. Mazkur xizmat xodimi esa ikki ish kunida hujjatni manzil bo‘yicha yetkazadi va buyurtmachidan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni olib, yangisini taqdim etadi.  

Shuningdek, Toshkent shahrida joriy etilgan tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi asosida mingdan ortiq QR-kod qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomalar taqdim etilgan.  

Yana bir yangiliklardan biri Hukumatning 2022 yil 29 sentyabrdagi 540-son qaroriga asosan Toshkent shahrida tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi joriy etildi.  

Endilikda bola tug‘ilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni, jumladan, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYO bo‘limiga axborot tizimi orqali yuboradi. 

FHDYO bo‘limi tug‘ilganlikni qayd etadi va QR-kod qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi. Tibbiyot muassasalari ushbu ma’lumotnomani bolaning ota-onasiga taqdim etadi.  

Ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.  

Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYO bo‘limlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.  

bugungi kunda tibbiyot muassasalari tomonidan mingdan ortiq QR-kod qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomar taqdim etilgan.  

Yo‘lga qo‘yilgan yangiliklardan navbatdagisi – litsenziyalash va ruxsat berish tizimini yanada rivojlantirish, soddalashtirish, bu borada byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etishdir.  

Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining 566-son qaroriga muvofiq endilikda Litsenziya axborot tizimi orqali foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini o‘tkazish dalolatnomasi, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlash va kelishish to‘g‘risida xulosani hamda tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma olish imkoni yaratildi.  

Endilikda xizmatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali yuborishlari mumkin. Berilgan ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa,  ruxsatnoma avtomatik ravishda shakllanishi belgilangan.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA