English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abu Rayhon Beruniyga bag‘ishlangan ko‘rgazma
16:16 / 2023-08-18

Toshkent fotosuratlar uyida Prezidentimizning 2022 yil 25 avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq badiiy ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, Abu Rayhon Beruniy o‘rta asrning buyuk daholaridan biri bo‘lib, o‘z davrida falakiyot, fizika, riyoziyot, ilohiyot, ma’danshunoslik, o‘simlikshunoslik singari boshqa ko‘plab fanlarni puxta egallagan.  

Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirilgan. Xorazmshoh tomonidan katta izzat-ikrom bilan qabul qilingan va Urganchda Ma’munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko‘rsatgan. Beruniy shoh Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol qatnashgan.  

[gallery-13160]

Ko‘rgazmada buyuk olimning shaxsi va faoliyatini aks ettiradigan fotosuratlar namoyish qilindi. O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi fotomuxbirlarining Beruniy va Beruniy shahriga tegishli fotosuratlari ham o‘rin oldi. O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxividan olingan “Abu Rayhon Beruniy” filmining suratga olish jarayonlari va filmdan lavhalar, Beruniy shahridagi Abu Rayhon Beruniy haykali ko‘rinishi, Toshkentdagi Beruniy nomidagi ko‘chalar, maydonlar ko‘rinishlari, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat Sharqshunoslik institutining professor va talabalarining suratlari, Beruniy portret va byustlarining arxivda saqlanayotgan fotonusxalaridan namunalar namoyish etildi. 

Ekspozitsiyada Toshkent  Xalqaro Vestminestr universitetida faoliyat olib boradigan fotostudiya rahbari Ulug‘bek Meylikovning Toshkent metropolitenining Beruniy bekati ichkarisi va tashqarisi fotosuratlari hamda Abu Rayhon Beruniy haykalining turli fotolavhalari havola etildi.  

 

Gulnoza Boboyeva, Oybek Pardayev,(surat) O‘zA