Abu-Dabida yangi xizmat ishga tushirildi

Muqobil jamoat transporti - shahar suv taksisi Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti hududidagi Yas Boy, Yas Marina va Al-Bandar tumanlarini bog‘laydi, deb xabar bermoqda “Gulf News”.
Ushbu yangi xizmat turi yo‘lga qo‘yilishi tufayli diqqatga sazovor maskanlari bilan tanilgan tumanlar orasida transport aloqasi yaxshilanadi. Eslatib o‘tamiz, Abu-Dabida metro yo‘q. Shuning uchun sayyohlar shahar avtobusi va taksidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.