English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
517 million so‘mlik tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanganlarga jinoyat ishi ochildi
14:24 / 2023-03-29

“F.N.” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ul shaxslari parrandachilikka ixtisoslashgan binoning elektr hisoblagich muhrini o‘zboshimchalik bilan nosoz holatga keltirib, 766,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.

Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.  

Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.G. va boshqalar “Mojar” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonning elektr hisoblagichini uch fazali elektr hisoblagichga almashtirib, 12 ta to‘plamdagi mayning krito-aktivlari qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan. 209,2 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani oydinlashdi.    

Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan gaz idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “C.I.” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari I.I. va boshqalar mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan ko‘p qavatli turar joy binosini gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 319,5 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etildi.    

Departamentning Qibray tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa "P.Ye." mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Q.M. “Chinobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi qurilish ta’mirlash binosini hech qanday hujjatsiz elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 134,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.    

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga jami 517 million so‘m zarar yetkazilgan.  

Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

O‘zA