47 sotix yerning bahosi 200 million so‘m...

Navoiy viloyati IIB va tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 47 sotix yer maydoni noqonuniy sotilishining oldi olindi.
Navoiylik tadbirkor ko‘p qavatli uy qurish maqsadida joy izlab yurgan chog‘ida tanishlari orqali “Tinchlik” massivi hududida bo‘sh yer borligini aniqlaydi. O‘zini I.K deb tanishtirgan 37 yoshli fuqaro Kadastrlar palatasi Navoiy shahar bo‘limida tanishlari borligini aytib, yer joyi turini o‘zgartirgan holda 30 sotixli mevali bog‘ va 17 sotix bo‘sh yerni hujjatlashtirib berishini aytadi. O‘z navbatida xizmat haqi 200 million so‘m ekanligini ham ta’kidlaydi.
Tadbirkorning arizasiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida I.K. 47 sotix yer uchun 200 million so‘mdan 6 ming AQSH dollarini olayotgan paytda qo‘lga olindi. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zA