English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
300 dan ortiq bank kartalaridan pullarni talon-toroj qilgan firibgar fosh etildi
17:21 / 2022-12-08

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani IIBga J.A. ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 8 million 918 ming 900 so‘m pul noma’lum sababga ko‘ra yechib olinganini ma’lum qilgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, J.A. telegram messenjeridagi “Davrbank kredit” soxta botga kirgan va botda “Davrbank” orqali onlayn mikrokredit olish imkoni borligi haqidagi yolg‘on ma’lumotlarga ishonib, zararli havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan. So‘ng pullar yechilgani ma’lum bo‘ldi.  

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi M.S. sodir etgani aniqlangan.  

M.S. zararli havola yaratib, telegram kanallariga tarqatgan holda 300 dan ortiq bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, kartalardagi pullarni talon-toroj qilgan. Bir qismini “1xBet” onlayn qimor o‘yinlariga, qolgan qismini elektron hamyonlarga o‘tkazib o‘zlashtirgan.  

M.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

O‘zA