English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3-Buxoro okrug saylov komissiyasi a’zolari tavsiya etildi
16:15 / 2023-05-18

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi sessiyasida viloyat sektorlari, tegishli viloyat boshqarmalari, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, jamoat tashkilotlari, viloyat hokimligi bo‘linmalari mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan sessiyada shahar-tumanlar studiyalaridan ham tegishli mutasaddilar qatnashdi.

Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Botir Zaripov boshqardi. Sessiyada joriy yilning 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Botir Zaripov okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ro‘yxatini o‘qib eshittirdi.

[gallery-11930]

Deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi  okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar bilan okrug saylov komissiya tarkibi bo‘yicha qaror qabul qilindi.  

Zarif Komilov,

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA