English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2023 yilda Qozog‘istonning neft eksporti kamayadi**
14:47 / 2022-12-30

2023 yilda neft eksporti 2021 yilga nisbatan oz bo‘ladi, dedi mamlakat energetika vaziri Bolat Akchulakov brifingda.

«Kazinform» agentligining yozishicha, “2022 yil yakuni bo‘yicha neft qazib olish 84 million tonnani tashkil qilishi kutilmoqda. Bu 2021 yildagi ko‘rsatkichning 96,5 foizini tashkil etadi. Neft qazib olishning pasayishiga Kashagan konida joylashgan “Bolashak” zavodida amalga oshirilayotgan ta’mir ishlari, Orenburg gazni qayta ishlash zavodi faoliyatini to‘xtagani hamda Kaspiy quvur tarmog‘i konsorsiumidagi ta’mir ishlari salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bularning barchasi neft eksporti ko‘rsatkichlariga ham tegishli. Natijada eksportga 64,8 million tonna “qora oltin” chiqarilgan. Bu 2021 yilga nisbatan 4,1 foizga kamdir”, – degan B.Akchulakov.

Uning aytishicha, 2023 yilda 90,5 million tonna neft qazib olish rejalashtirilgan, eksportga esa 71 million tonna neft chiqariladi.