English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2023 yil 1 martdan unitar korxona tashkil etish to‘xtatiladi
10:49 / 2022-11-10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 8 noyabrda qabul qilingan “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi.

2023 yil 1 apreldan esa MCHJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas. Yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi.  

2023 yil 1 iyuldan xo‘jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e’lon qilinadi.  

 

O‘zA