English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2 milliard 175 million so‘mlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi
11:04 / 2023-03-24

Mamlakatimizda bojxonachilar tomonidan tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda yurtimizga olib kirish va uning yurtimiz hududida aylanuvini oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.  

Tezkor tadbirda fuqaro boshqaruvidagi «Spark» rusumli transport vositasi avtogaraj hududidan chiqayotgan vaqtida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda 1000 quti tamaki mahsuloti borligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, garajning yerto‘lasi ko‘zdan kechirilganida, yerto‘lada tamaki mahsulotlarini «yama» sifatida saqlash uchun foydalanib kelingani fosh bo‘ldi.  

Bu yerda O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari hamda raqamli markirovka kodlari bilan markalanmagan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 5 turdagi 87 ming 500 quti tamaki mahsuloti noqonuniy ravishda saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. 

Ushbu holatda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida olib qo‘yilgan 88 ming 500 quti sigaretning umumiy qiymati 2 mlrd. 175 mln. so‘mni tashkil etmoqda.  

Navbatdagi o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Chilonzor tumanidagi avtoturargohlardan birida «Isuzu» rusumli yuk transport vositasiga yuklash uchun hozirlanayotgan 7 dona karton qutilar ko‘zdan kechirildi. Natijada O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari hamda raqamli markirovka kodlari bilan markalanmagan qiymati 60 mln. so‘mlik 5000 quti tamaki vositalari borligi aniqlandi.  

 

O‘zA