15 nafar fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Fuqarolar G‘.E. va E.N. “A.” Mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 15 nafar fuqaroni aldab, ularni Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 18 ming AQSH dollari va 81 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod tumani bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA