English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
108 yoshli Sharofat momoga esdalik nishoni topshirildi
20:14 / 2022-12-08

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbarining shu yil 8 noyabrdagi farmoni bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni ta’sis etilgan edi. Bayram arafasida ushbu esdalik nishoni fidoyi va faol yurtdoshlarimizga tantanali topshirildi.

Samarqand viloyatidan ham 2800 nafardan ortiq fidoyilar ushbu mukofotga munosib deb topildi. Ular orasida Narpay tumani Chorbog‘ mahallasida yashovchi 108 yoshli Sharofat Boboyeva ham bor.

Yoshligi og‘ir davrlarga to‘g‘ri kelgan Sharofat momo Ravshan Boboyev bilan turmush qurib, 7 nafar farzandni voyaga yetkazdi, ularni uyli-joyli qildi. Bugun yuzga yaqin nevara-chevaralarining ardog‘ida qutlug‘ yoshda hayot kechirmoqda.  

Narpay tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.Rahmonov Sharofat momoning xonidoniga borib, onaxonga esdalik nishonini tantanali opshirdi.

Piru badavlat nuroniy onaxon duoga qo‘l ochib, yurtimizga tinchlik, xalqimizga omonlik tiladi.

G‘.HASANOV, O‘zA