English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 apreldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
14:00 / 2023-03-29

Joriy yil 1 apreldan qonunchilikda qator o‘zgarishlar kutilmoqda. Xususan,

-Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi.  

-Toshkent shahrida jamoat transportidan foydalanish tariflari o‘zgaradi.  

-25 yildan oshiq pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.   

-Pensiya oluvchilar metrodan bepul foydalanadi.  

-Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga biryo‘la beriladigan nafaqa miqdori harbiy xizmatchi maoshining 150 barovari miqdorida belgilanadi.  

-Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlar markazlarida transport vositalari harakat tezligi 60 kilometrgacha tushirildi.  

-Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yo‘lga qo‘yishga ruhsat etiladi.  

-Litsey, texnikum pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.  

-Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslarga soliq imtiyozlari beriladi.  

-Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilari tomonidan to‘lagan daromad solig‘ini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.  

-Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiyalar berishda «my.vetgov.uz» saytida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.  

O‘zA