1 apreldan mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda bugungi kunda klaster, fermer va dehqonlarda 11 mingga yaqin texnika va agregatlarga talab mavjudligi qayd etildi.
Shu bois, 1 apreldan:
– mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi (hozir faqat Chirchiq klasterida ishlab chiqarilgan texnikalarga tatbiq etiladi);
– import qilingan texnikalar uch yil muddatga bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi, ular bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini kechiktirib (9 oy davomida) to‘lashga ruxsat beriladi (ushbu imtiyozlar hozir faqat paxtachilik va chorvachilik texnikalarida bor);
– texnika xaridi uchun 10 yil muddatga 10 foizlik kreditlar ajratiladi.
O‘zA