Zulfiya mukofoti yangicha tartibda beriladi
Davlatimiz rahbarining joriy yil 2 fevraldagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga kiritilgan o‘zgartirish bilan mukofot endi yangicha tartibda beriladi.
Unga ko‘ra, endilikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ham Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, mukofot komissiyasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatishi va unga bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.

Bundan tashqari, mukofotni olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi. Oldin bu muddat 2 yil edi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA