Zoyir Mirzayev: O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun eng jozibador o‘lkalardan biriga aylanmoqda (+video)
Shu kunlarda poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi xalqaro biznes hamjamiyati va investorlarning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan delegatlar ishtirokida o‘tayotgan anjumanda hududlarning investitsiyaviy salohiyati, sanoat kooperatsiyasi va yangi loyihalar muhokama qilinmoqda.
Forum doirasida O‘zbekistonning iqtisodiy jihatdan eng faol hududlaridan biri bo‘lgan Toshkent viloyatining investitsiyaviy imkoniyatlari ham keng namoyish etilmoqda. Quvonarlisi, viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi, logistika va xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar xorijiy sheriklar e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.
O‘zA muxbiri forum doirasida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevdan qisqa intervyu oldi. Suhbat davomida viloyatning investitsiyaviy jozibadorligi, ustuvor loyihalar va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nmELUo7EImo" title="Zoyir Mirzayev: O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun eng jozibador o‘lkalardan biriga aylanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA