Zomin tog‘larida bahor nafasi: tabiatning betakror manzaralari fotolarda
FOTOREPORTAJ
Zomin tog‘lari — o‘zining musaffo havosi, salqin iqlimi va betakror tabiati bilan mamlakatimizning eng go‘zal maskanlaridan biri hisoblanadi. Ayni bahor va yoz fasli bo‘sag‘asida tog‘ etaklari va cho‘qqilari o‘zgacha manzara kasb etmoqda.
Tabiat uyg‘onishi bilan birga yashillikka burkangan yonbag‘irlar, qorli cho‘qqilar va osmon bilan qo‘shilib ketgan oppoq bulutlar Zomin manzaralariga yanada maftunkor ko‘rinish bag‘ishlamoqda. Bu yerdagi har bir lahza tabiat go‘zalligi va hayot uyg‘unligini yaqqol ifoda etadi.
[gallery-29611]
Turizm salohiyatiga ega bo‘lgan Zomin tog‘lari hududi so‘nggi yillarda sayyohlar va tabiatsevarlar e’tiborini yanada ko‘proq tortmoqda.
E’tiboringizga Zomin tog‘larining ana shunday go‘zal va betakror manzaralari muhrlangan fotolavhalarni havola etamiz.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA