Zomin seminari jo‘shqin ruhda o‘tmoqda
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Respublika yosh ijodkorlarning Zomin seminari juda qizg‘in ruhda o‘tmoqda.
– Mazkur seminar davlatimiz rahbarining yurtimiz yoshlariga ko‘rsatayotgan e’tibor vag‘amxo‘rligining yana bir yorqin ifodasidir, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisiningo‘rinbosari, taniqli shoira Farida Afro‘z. – Seminar uchun o‘tkazilgan tanlovda iste’dodli ijodkorlardan eng zo‘rlari tanlab olingan. Bizning birinchi kitobo‘ttiz yoshimizda chiqqan edi. Uning nashr etilishida hech kim homiylik qilmagan. Toshkentga juda ko‘p qiyinchiliklar bilan kelib, nashriyotlarga mashhur yozuvchi va shoirlarning kirib ketayotganini ko‘rib, iymanib yana ortga qaytib ketgandik. Bugun yoshlar uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochilgan. Buehtirom, e’zoz, dunyoning hech qaysi davlatida yo‘q. Yoshlarimiz bu imkoniyatlardan, ortga qaytarib bo‘lmas vaqtdan juda unumli foydalanishlari kerak,deb o‘ylayman. Seminarning yana ko‘plab ishtirokchilari “Mard o‘g‘lon”, Zulfiya nomidagi mukofotlarni olishlarini istaymiz. Ushbu seminarga kelgan yoshlar faqat adabiyot bilan yashashlarini tilab qolaman.
[gallery-24202]
– Ushbu seminarning qayta tiklanishini xalqimizkatta mamnuniyat bilan kutib oldi, – dedi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi, atoqli adib Kengesboy Karimov. – Adabiyot orqali Vatanga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirish ushbu seminarning asosiy maqsadidir. Zominseminari Vatan adabiyotining bugungi kundagi yangroq ovoziga aylangan ko‘plab iste’dodlarni yuzaga chiqarishga imkon berdi.
–Ustoz ijodkorlar va yoshlar ishtirokidagi mushoira menda katta taassurot qoldirdi, – dedi Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Behzod Erejepov. – Ayniqsa, ustoz Sirojiddin Sayyid, Farida Afro‘z, Salim Ashur, Rustam Musurmon kabi ijodkorlarning o‘zlaridan she’rlar eshitishjuda maroqli, hayajonli va zavqli ekan. Bizulardan yurtga mehrni, adabiyotga fidoyilikni o‘rgandik. Jonajon O‘zbekistonimizning Zomindek betakror go‘shalari borligidan vabunday betakror tabiat manzaralaridan bahra olganimizdan qalbimiz cheksiz faxrga to‘ldi.
Seminar ishtirokchilari turli sho‘’balarga bo‘linganholda ijodiy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar.
Nazokat Usmonova,
Jamshid Yorbekov (surat),
O‘zA muxbirlari