Ziyolilar milliy yuksaliş davrining mustahkam tayançiga aylanmoqda
Termiz şahrida “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning “Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida Surxondaryo viloyat hududiy yiğilişi bölib ötdi.
Ziyolilarning jamiyatdagi örni va masʼuliyati, maʼnaviy-maʼrifiy va boşqa sohalardagi dolzarb masalalar, kelgusidagi vazifalar muhokama etilgan muloqotda vohaning intellektual salohiyatini namoyon etadigan turli sohalarning yetakçi olimlari, xalq taʼlimi, tibbiyot, teatr va sanʼat sohasi fidoyilari, yozuvçi va şoirlar, madaniyat arboblari, yoş olimlar, faol tadbirkorlar, maʼnaviyat, xotin-qizlar va mahalla faollari iştirok etdi.

Yiğilişning tantanali oçiliş marosimida viloyat hokimi U.Qosimov kengaş faoliyatining mazmun-mohiyati, ustuvor vazifalari, ziyolilarning Yangi Özbekistonni yuksaltirişdagi örni va ijtimoiy masʼuliyati haqida atrofliça fikr yuritdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Abdulxakim Eşmuratov va boşqalar sayyoramizda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özligimizni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, ilm-fan, taʼlim, madaniyat va maʼnaviyat sohalari vakillarining faolligini oşiriş, yoş avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, va yuksak maʼnaviy fazilatlarni şakllantirişda ziyolilarning taʼsirini kuçaytiriş muhimligini taʼkidladi. Jamiyatda soğlom maʼnaviy muhitni mustahkamlab, aholi, ayniqsa, yoşlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, turli yot ğoyalarga qarşi maʼrifat bilan kuraşişda kengaş aʼzolarining bilim va imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Şu kuni iştirokçilar yönalişlar böyiça guruhlarga bölingan holda maxsus xonalarda taşkil etilgan maşğulotlarda özaro hamkorlikni mustahkamlab, ilğor tajribalarni ommalaştiriş, mavjud muammolar yuzasidan fikr almaşib, maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat samaradorligini oşiriş masalalarini muhokama etdi.

Ikki kun davom etgan tadbirda hududlardagi ziyolilarning jamiyat hayoti va rivojiga doir fikr-mulohazalari tinglanib, joylarda kötarilayotgan dolzarb ijtimoiy-maʼnaviy masalalarni oçiq muloqot şaklida muhokama etişga alohida ahamiyat berildi.

Muhokamalar çoğida inson kapitalini rivojlantiriş, globallaşuv şaroitida yoş avlodning mafkuraviy va raqamli immunitetini şakllantiriş, axborot makonida soğlom muhitni qaror toptirişning taʼsirçan mexanizmlarini yölga qöyiş, oila, mahalla va taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va zamonaviy dunyoqaraşni uyğun şakllantiriş, yoşlarning kitobxonlik madaniyatini oşiriş kabi dolzarb yönalişlar yuzasidan fikr almaşildi.

Tadbirda örtaga taşlangan taklif va taşabbuslar umumlaştirilib, Toşkent şahrida bölib ötadigan “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning mamlakat yiğilişiga taqdim etiladi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri