Zelenskiy: PURL tashabbusiga yana uch davlat qo‘shildi
– Biz uch davlatdan minnatdormiz, – deya ta’kidlagan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy. – Hozir yangi a’zolar nomi oshkor qilinmasligiga kelishib oldik. Yana uch mamlakat Kiprda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi sammiti doirasida PURL dasturiga taxminan 350-400 million yevro ta’sis mablag‘i bilan qo‘shildi.
PURL – Prioritized Ukraine Requirements List – Ustuvor Ukraina talablari ro‘yxati AQSH va NATO tashabbusi hisoblanadi. Loyiha ta’minot uchun maqsadli moliyalashtirish orqali Ukrainani Amerikada ishlab chiqarilgan eng zarur qurollar bilan ta’minlaydi. Hozirgacha mazkur guruh tarkibiga Germaniya, Niderlandiya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Belgiya, Litva, Latviya, Estoniya, Islandiya, Lyuksemburg va Kanada kirgan.
S.Rahimov, O‘zA