Zelenskiy Makron bilan muzokara o‘tkazdi
Vladimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bir yarim soat suhbatlashganini aytdi.
“Men Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bir yarim soatdan ortiq mazmunli muzokaralar o‘tkazdim”, – dedi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Zelenskiy Makronga frontdagi vaziyat haqida ma’lumot bergan va u bilan Fransiyadan keyingi harbiy yordamni muvofiqlashtirganini aytib o‘tgan.