Zaxira omborlarida mahsulotlar sifatli saqlanmoqda
Andijon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari U.Jo‘rayev shahar oziq-ovqat zaxira omborlarida bo‘lib, mahsulotlarning saqlanishi, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilinishini o‘rgandi.
Ta’kidlash joiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu borada zudlik bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.
[gallery-335]
Shunga muvofiq, Andijon shahrida ham kuz-qish va bahor faslida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, narxlarning asossiz o‘sib ketishining oldini olish va mahsulotlarni uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha aniq hisob-kitoblarga asoslangan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hozirda shahar bo‘yicha jamg‘arilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan 11 ta oziq-ovqat zaxira ombori mavjud bo‘lib, ularda kartoshka, piyoz, sabzi, guruch kabi asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari belgilangan talab me’yorlari asosida sifatli saqlanmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA