Zaxarova: Eron yadroga ega bo‘lishga haqli
RF Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Eron ham boshqa davlatlar singari yadroviy texnologiyadan tinch maqsadda foydalanishga haqli ekanini ta’kidladi, deb yozdi "Irna news".
Rossiya vakili ta’kidlashicha, Eron yadroviy dasturdan og‘ishmagani Xalqaro atom energiyasi agentligi tomonidan bir necha bor tasdiqlangan.
Shuningdek, RF va XXR o‘z bayonotlarida AQSH va Isroilning Eronga qarshi tajovuzini keskin qoralagan.
Musulmon Ziyo, O‘zA