“Zarmetan qatigʻi”ning siri nimada?
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumaniga tashrif buyurgan kishi borki, bu hududning mashhur “Zarmetan qatigʻi”ni totmay ortga qaytmaydi.
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumaniga tashrif buyurgan kishi borki, bu hududning mashhur “Zarmetan qatigʻi”ni totmay ortga qaytmaydi. Oʻziga xos tayyorlanish jarayoniga ega mazkur neʼmat bilan bogʻliq afsonalar ham yoʻq emas.
Zarmetan qishlogʻining “Rabot” mahallasida yashovchi Salima Hamroyeva kelini Madina Saʼdullayeva bilan toʻnkarilganida ham kosadan tushib ketmaydigan qatiq ivitib, daromad oladi. 15 yildan buyon mazkur faoliyat bilan shugʻullanayotgan oilada bir kunda 50 ta kosagacha qatiq tayyorlanadi. Xonadon egalarining aytishicha, qatiq sopol kosalarga ivitilishi kerak. Shundan soʻng toʻrt soatda mazali neʼmat tayyor boʻladi.


– Халқ тилидан тилига ўтиб юрувчи афсонага кўра, Хўжаи Ҳизр ушбу ҳудуддан ўтаётганида чанқаб, қишлоқ аҳлидан сув сўрайди, - дейди қизилтепалик педагог Ўткир Мажидов. – Шунда у кишига сув ўрнига муздеккина қатиқ беришган. Қатиқни ичган Ҳазрат дуо қилади. Шу боис ҳам “Зарметан қатиғига дуо кетган”, деган гаплар бор.
– Xalq tilidan tiliga oʻtib yuruvchi afsonaga koʻra, Xoʻjai Hizr ushbu hududdan oʻtayotganida chanqab, qishloq ahlidan suv soʻraydi, - deydi qiziltepalik pedagog Oʻtkir Majidov. – Shunda u kishiga suv oʻrniga muzdekkina qatiq berishgan. Qatiqni ichgan Hazrat duo qiladi. Shu bois ham “Zarmetan qatigʻiga duo ketgan”, degan gaplar bor.
Albatta, bu afsona. Ammo, har qanday rivoyat zamirida ham muayyan haqiqatlar yotadi. Zarmetan qatigʻining siri ham avvalo, shu hududning ob-havosiga va qalbidaryo kishilarining mehriga aloqador.

