Zaripov Abdujappar Abdurazakovichning fizika-matematika fanlari fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Razryadlar yordamida metall nanozarralarini olishdagi jarayonlar” mavzusida
Zaripov Abdujappar Abdurazakovichning 01.04.12 – Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Razryadlar yordamida metall nanozarralarini olishdagi jarayonlar” mavzusidagi fizika-matematika fanlari fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.FM/T.09.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 6-oktabr kuni soat 14:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125 Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 33-uy. Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti majlislar zali.
Tel.: (99871) 262-32-54
e-mail: info@iplt.uz.