Zararli dozaga teng geroin aşyoviy dalil sifatida olindi
Qoraqalpoğiston bojxonaçilari Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarmalari hamda Içki işlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbir davomida A-380 xalqaro avtomobil yölida harakatlanayotgan avtomaşina tekşirildi.
Natijada fuqarolardan geroin moddasiga öxşaş öramlar, giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilişda foydalaniladigan ikki dona maxsus trubka va elektron tarozi aniqlandi. Şuningdek, xizmat iti yordamida avtomobil tomining lyuk qismiga yaşirilgan yana bir öram topildi.
Ekspertiza xulosasiga köra, aniqlangan moddalarning sof oğirligi 33,04 gramm geroin ekanligi tasdiqlandi. Eʼtiborlisi, şartli hisob-kitoblarga köra, 1 gramm geroinning qiymati 3 million sömdan baholanganda, aniqlangan 33,04 gramm moddaning umumiy qiymati 99 million 120 ming sömni taşkil etadi. Şuningdek, uşbu miqdor 560 dan ortiq şartli isteʼmol dozasiga teng bölişi mumkin.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri