Zararkunandalarga qarshi biomahsulotlar
FOTOREPORTAJ
Zararkunandalarga qarshi biomahsulotlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi «Oltinko‘z Sartur» biolaboratoriyasi hududdagi fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun zararkunandalarga qarshi biomahsulot yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
[gallery-18506]
Biolaboratoriyada har yili qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun o‘rtacha hisobda 70 kilogramm trixogramma, 45 million dona brakon, 150 million dona oltinko‘z tayyorlanadi. Tumanda g‘alla va paxta maydonlarida ushbu biomahsulotlarning keng qo‘llanilishi hosildorlikni sezilarli darajada oshirishga imkon bermoqda.
Bundan tashqari ovul va mahallalarda tomorqa dehqonchiligi bilan band 1200 dan ortiq xonadonga biomahsulotlar yetkazib berildi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA