Zamonaviy ta’lim andozalari asosida
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 11-umumta’lim maktabida 1 ming 223 o‘quvchi zamonaviy ta’lim standartlari asosida saboq olmoqda.
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 11-umumta’lim maktabida 1 ming 223 o‘quvchi zamonaviy ta’lim standartlari asosida saboq olmoqda.Bu yerda yosh avlodning puxta bilim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, to‘garaklarda mahorat oshirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy jihozlangan sinf xonalari, texnologik vositalar, ko‘rgazmali o‘quv qurollari, boy kitob fondiga ega axborot-resurs markazi yoshlar ixtiyorida. Yuqori malakali pedagoglar tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlarda aqli charhlanayotgan o‘quvchilar fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvlarida yuqori natijalarga erishmoqda.