Navoiy shahrida “Yangi hayot” savdo majmuasi ish boshladi
Bu yerda yaratilgan 100 dan ortiq yangi ish o‘rnida asosan kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlar mehnat qilmoqda.
Bu yerda yaratilgan 100 dan ortiq yangi ish o‘rnida asosan kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlar mehnat qilmoqda.
Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
Tadbirkor Abdukarim Saksonov aholiga qulaylik yaratish, namunali savdo xizmati ko‘rsatish maqsadida tijorat bankidan olingan qariyb 10 milliard so‘mlik kredit va shaxsiy mablag‘i evaziga zamonaviy savdo majmuasi barpo etdi.
Besh qavatdan iborat inshootda oziq-ovqat, mebel va maishiy texnikalar, kiyim-kechak bo‘limlari, ko‘ngilochar o‘yinlar va kinoteatr zallari o‘rin olgan. Oziq-ovqat bo‘limida non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan maxsus sexlar tashkil etilgan.
– Iste’molchilar talabidan kelib chiqib, sexda 30 turdagi non mahsulotlari tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan, – deydi non sexi boshlig‘i Bahrom Mardonov. – 4 nafar novvoy mehnat qilayotgan seximiz zamonaviy jihozlangan. Qandolatchilik sexida 40 turdagi shirinliklar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.