Zamonaviy laboratoriya aholi xizmatida
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 martdagi “Respublikada markazlashgan laboratoriya, sterilizatsiya va yuqori texnologik tekshiruvlar tizimini tashkil etishga oid chora-tadbirlar” rejasiga muvofiq Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasining laboratoriya xizmatlari markazlashtirilib, autsorsing asosida faoliyat yuritish uchun Guliston shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “HAYOT PLUS MED” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga berilgan edi.
Tadbirkor ta’mirlash va jihozlash uchun 350 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflab, Xitoy davlatidan vvtomatik gematologik analizator, biokimyoviy analizator, immunofermentnыy analizator, koagulometr va boshqa laboratoriya jihozlarni keltirdi. Eng muhimi, tuman tibbiyot birlashmasi, unga qarashli laboratoriyalarda oldinlari 10 turdagi biokimyoviy analizlar qilingan bo‘lsa, faoliyatini boshlagan zamonaviy laboratoriyada 150 xildan ortiq tekshiruvlar yo‘lga qo‘yildi.



Mazkur zamonaviy laboratoriyani ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Hakimov, tuman hokimligi vakillari, nuroniy va faxriylar, soha xodimlari ishtirok etib, o‘z faoliyatini boshlagan zamonaviy laboratoriyani aholi salomatligini saqlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlashdagi ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Sh.Suyarov, O‘zA