Zalujniy Zelenskiydan ustun kelishi mumkinmi?
Ukrainada Prezidentlik saylovi yaqin kunlarda o‘tkazilsa, birinchi bosqichda amaldagi davlat rahbari Vladimir Zelenskiy 22,3 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni egallashi, sobiq bosh qo‘mondon, hozir Buyuk Britaniyadagi elchi Valeriy Zalujniy esa 21,4 foiz bilan ikkinchi bo‘lishi mumkin.
Bu haqda “Socis” ijtimoiy va marketing tadqiqoti markazi ma’lumotiga tayanib, DW xabar berdi.
Tadqiqotga ko‘ra, ikkinchi turda Zalujniy Zelenskiyni 66,2 foizga qarshi 33,8 foiz natija bilan mag‘lub etishi mumkin. Sobiq mudofaa vaziri Mixail Fyodorov yoki Kirill Budanov ikkinchi bosqichga chiqqan taqdirda, ular ham amaldagi yetakchidan ko‘proq ovoz to‘plashi ehtimoli qayd etilgan.
D.Hakimov, O‘zA