“Zakovat” bilimdonlari viloyat bosqichida bellashdi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahar Yoshlar markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Zakovat” respublika turnirining viloyat bosqichi yakunlandi.
[gallery-18865]
Qizg‘in kechgan bahslarda Uchqo‘rg‘on tumanining “Ko‘prikboshi” mahalla fuqarolar yig‘ini bilimdonlari turnir g‘olibi bo‘ldi. Namangan tumanining To‘sar mahallasi yoshlari ikkinchi hamda Yangi Namangan tumanining “Sohil” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu jamoalar turnirning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA