Yurtimiz raqqosalarining xorijdagi yutug‘i
Janubiy Koreyaning Andong shahrida o‘tkazilgan xalqaro niqob raqsi festivali nomoddiy merosni asrab-avaylash, uni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etuvchi ijodiy loyihalardan sanaladi.
Janubiy Koreyaning Andong shahrida o‘tkazilgan xalqaro niqob raqsi festivali nomoddiy merosni asrab-avaylash, uni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etuvchi ijodiy loyihalardan sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Oqilova boshchiligidagi delegatsiya ham mazkur festivalda ishtirok etdi.
Festival doirasidagi O‘zbekistonning tasviriy va amaliy san’ati, muzeyshunoslikka oid boy va takrorlanmas yutug‘ini namoyish etuvchi ko‘rgazma xalqaro festival ishtirokchilarida katta taassurot uyg‘otdi.
Ayni paytda O‘zbekistonning raqs jamoalari ham o‘z repertuarlaridagi eng sara musiqiy guldastalarni festival ishtirokchilari e’tiboriga havola etdi. Milliy raqs san’atimizning qadimiy an’analari, o‘ziga xos yo‘nalish va maktablarini namoyish etuvchi ushbu dastur xorijlik san’at muxlislariga manzur bo‘ldi. Xususan, festival doirasida raqs san’ati bo‘yicha o‘tkazilgan jamoaviy tanlovda yurtimiz vakillari faxrli birinchi o‘rinni, yakkaxon raqqosalar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda esa birinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.